Trabzondan dunyoning 48 ta davlatiga findiq eksport qilindi

Turkiyaning Trabzon viloyatidan dunyoning 48 ta davlatiga, 3 oyda, 218 million 159 ming dollarlik findiq eksport qilindi.

1182763
Trabzondan dunyoning 48 ta davlatiga findiq eksport qilindi

Turkiyaning Trabzon viloyatidan shu yilning yanvar oyidan boshlab mart oyigacha Italiya, Germaniya va Fransiya bosh bo’lish bilan birga dunyoning 48 ta davlatiga 218 million 159 ming dollarlik findiq eksport qilindi.

Qora dengiz Eksportchilar uyushmasidan olingan ma’lumotga ko’ra Trabzondan yilning uch oyida dunyoning 48 ta mamlakatiga, 34 ming 982 tonna findiq yuborilgan.

Undan, 218 million 159 ming 565 dollar daromad qo’lga kiritilgan.

Shu orqali bu yil yo’lga qo’yilgan findiq eksporti o’tgan yilning shu davriga nisbatan miqdorda 36 foiz, narxda 35 foiz ortdi.  

Shu doirada findiq eng ko’p Italiyaga (12 921 tonna), ortidan Germaniyaga (4 439 tonna), keyin esa Fransiyaga (3 806 tonna) yuborildi.  

 



Aloqador xabarlar