Turk SIHAlari yana Germaniya kun tartibida

Germaniyaning Handelsblatt gazetasi Turk IHA (Uchuvchisiz havo transportlari) va SIHAlarini sinchkovlik bilan qo‘lga oldi.

1659263
Turk SIHAlari yana Germaniya kun tartibida

Turkiyaning SIHAlari (Qurolli uchuvchisiz havo transportlari) Germaniyada kun tartibida o‘rin olishni davom etmoqda.

Shu doirada Handelsblatt gazetasi Turk IHA (Uchuvchisiz havo transportlari) va SIHAlarini sinchkovlik bilan qo‘lga oldi.

Gazetada chop etilgan ma’lumotda SIHAlar Suriya, Liviya va Qorabog‘da o‘zini ko‘rsatgani ta’kidlangan holda, “Ukraina va Polsha sotib oldi. Navbatda yana ko‘plab mamlakat bor” - deyildi. Mutahassislar tomonidan Turk SIHAlari uchun “urushda inqilobning yangi standarti” degan ta’riflar aytildi.

Baykar Mudofaa Texnik direktori Selchuk Bayraktarga ham maqtov yog‘dirilgan xabarda,

“41 yoshidagi turk tadbirkor, yurtining urush ehtimollariga qarshi yaxshi kartalarga ega bo‘lishini ta’minladi” - degan ifodalarga o‘rin berildi.

Yaqin Sharq mutaxassisi Charlz Lister mavzuni, “Bayraktar uchuvchisiz havo transportlari XX asrdagi rus AK - 47 avtomatidek, urushda inqilobning yangi standardi”. - deb ta’rifladi.

Xabarda, Turkiyada ishlab chiqarilgan IHA va SIHAlar bo‘yicha Turkiya Milliy Mudofaa vazirligining ijtimoiy hisoblari va Turkiya Milliy teleradiokompaniyasi (TRT) kanallaridan muvozanatli ravishda videolavhalar bo‘lishilgani ham ta’kidlandi.

Unda fikriga alohida o‘rin berilgan Amerika Qo‘shma Shtatlari axborot - analitik markazlaridan Tashqi Siyosat bo‘yicha tadqiqot institutining Yaqin sharq dasturi rahbari Aaron Stein, Turkiyaning bu videolavhalarni yoyish orqali ijtimoiy tarmoq davrida, uchuvchisiz havo transportlarining foydalanilishiga yetakchilik qilgani ta’kidlandi.

Stein kuzatuv, razvedka va to‘qnashuv zonalarida uchuvchisiz havo transportlaridan foydalanishlarning aslida yangilik emasligini yodga solgan holda:

“Ammo Turkiya buni yangi bosqichga olib chiqdi va mamlakatlarning qanday qilib strategik ta’sirga erishishi mumkinligi va qurol sotishlariga xalqaro qiziqishni qanday uyg‘otish mumkinligini yaqqol ko‘rsatdi”. - dedi.


Tanlangan kalimalar: #Turk SIHAlari , #SIHA , #IHA , #Handelsblatt

Aloqador xabarlar