Turkish Cargoning muvaffaqiyatlari

Turkish Cargo xalqaro havo yuk tashish bozorida o'z ulushini 5 foizgacha oshirdi va dunyo bo'ylab har 20 havo yukidan birini tashiydi.

1451729
Turkish Cargoning muvaffaqiyatlari

 

Turkish Cargo xalqaro havo yuk tashish bozorida o'z ulushini 5 foizgacha oshirdi va dunyo bo'ylab har 20 havo yukidan birini tashiydi.

Turk Havo Yo'llari (THY) Matbuot Maslahatchisi bergan bayonotga ko'ra, dunyo miqyosida seziladigan pandemiya ta'siri paytida global havo yuk bozori jiddiy pasayishlarga uchradi va yanvar-may oylari orasida 18 foizga pasaydi.

Turkish Cargo, oziq-ovqat, yordam, niqoblar va tibbiy jihozlarning dunyoga va ayniqsa global farmatsevtika ta'minoti tarmog'iga kirishini ta'minlash uchun sa'y-harakatlarini davom ettirmoqda.

Boshqa tomondan, Turkish Cargo , o'tgan yilning shu davriga nisbatan tonnajda yo'qotishlarga duch kelmadi va xalqaro ta'minot zanjirini buzmaslik uchun global ko'prik bo'lib xizmat qildi.

WACD xalqaro havo yuklari haqida ma'lumot yetkazib beruvchisining ma'lumotlariga ko'ra, Turkish Cargo o'z bozoridagi ulushini 5 foizgacha oshirdi va dunyodagi har 20 ta yukdan bittasini tashiydi.

 


Tanlangan kalimalar: #Muvaffaqiyat , #Turkish Cargo

Aloqador xabarlar