Turkiya 120 davlatga choy mahsuloti eksport qildi

Sharqiy Qoradengiz eksportchilar uyushmasi  ma'lumotlariga ko'ra, 5 ming 500 tonna choy eksportidan 120 davlatga 19 million 575 ming 574 dollar daromad olindi.

1762097
Turkiya 120 davlatga choy mahsuloti eksport qildi

 

Turkiya o‘tgan yili 120 davlatga choy mahsuloti eksport qildi.

Sharqiy Qoradengiz eksportchilar uyushmasi  ma'lumotlariga ko'ra, 5 ming 500 tonna choy eksportidan 120 davlatga 19 million 575 ming 574 dollar daromad olindi.

Belgiya, Germaniya, Amerika Qo'shma Shtatlari (AQSh), Shimoliy Kipr Turk Respublikasi , Niderlandiya va Frantsiya choy savdosidan eng ko'p daromad olgan davlatlar hesoblanadi.

O'tgan yilgidan farqli o'laroq, bu davrda choy yana 16 davlatga, jumladan Xorvatiya, Litva, Misr va Vengriyaga yuborildi.

O‘tgan yili amalga oshirilgan choy eksporti 2020-yilga nisbatan miqdor jihatdan 16 foiz, qiymat jihatidan 12 foiz ortib, 4 ming 750 tonna choy evaziga 17 million 436 ming 542 dollar daromad keltirdi.


Tanlangan kalimalar: #Eksport , #Choy , #Turkiya

Aloqador xabarlar