Turkiya 2020-yili iqtisodiy o’sish sur’atini 5 foizga tenglashni rejalashtirmoqda

Prezident Erdo'g’an Turkiyaning Sivas viloyatida o’tkazilgan O’rta Anadolu Iqtisodiy forumida nutq so’zladi.

1263910
Turkiya 2020-yili iqtisodiy o’sish sur’atini 5 foizga tenglashni rejalashtirmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'an 2020-yili iqtisodiy o’sish sur’atini 5 foizga tenglashni rejalashtirayotganliklarini qayd etdi.

Prezident Erdo'g’an Turkiyaning Sivas viloyatida o’tkazilgan O’rta Anadolu Iqtisodiy forumida nutq so’zladi.

O’z nutqida eksportning 36 milliard AQSh dollaridan 170 milliard AQSh dollariga ko’tarilganligini eslatib o’tgan Prezident Erdo'g’an,

“Yurtimizni 2023-yili dunyoning eng yirik 10 ta iqtisodiyotidan biriga aylantirish yo’lida shaxdam qadamlar tashlamoqdamiz” dedi.

Turizm tarmog’ida ham jiddiy muvaffaqiyatga erishilganligini ifoda etgan Erdo’g’an, bu yil mamlakatga 52 million sayyohning kelishini va bu raqamning respublika tarixining eng yuqori raqami ekanligini qayd etdi.  

Erdo’g’an, Turkiya iqtisodiyotining dinamik bozor tuzilishi va global tizimga bo’lgan integratsiyasi kuchi orqali kelajakning eng yirik iqtisodiyotiga aylanganligini ta’kidladi.

Ishbilarmonlar bilan yangi bozorlar topish, yangi aloqalar o’rnatish uchun dunyonnig to’rt burchagiga sayohat qilganliklarini, shu doirada ham turk ishbilarmonlarni ham Turkiyaga kelgan chet ellik ishbilarmonlarni har jihatdan qo’llab-quvvatlaganliklariga e’tibor qaratgan Erdo’g’an, “Xudo xohlasa tiklanish jarayonini 2019-yili o’z nihoyasiga yetkazib, kelasi yildan e’tiboran o’sish say-harakatlarimizni boshlatamiz” degan ifodalarga o’rin berdi.

Shuningdek Turkiya tomonidan Suriya va Iroqda olib borilgan amaliyotlar orqali chegaralar xavfsizligining mustahkamlanayotganligini ta’kidlagan Erdo’g’an, Sharqiy O’rta yer dengizida mamlakatning haq va huquqini himoya qilish uchun kuchli qadamlar bilan ilgarilayotganliklarini ma’lum qildi.  



Aloqador xabarlar