Turkiya, 2023-yili 75 million sayyohga mezbonlik qilishni rejalashtirmoqda

Prezident Erdo'g’an, 27-sentabr Butunjahon turizm kuni munosabati bilan Twitter orqali post qoldirdi va unda Turkiyaning Turizm tarmog’idagi rejalariga e’tibor qaratdi.

1277956
Turkiya, 2023-yili 75 million sayyohga mezbonlik qilishni rejalashtirmoqda

Prezident Rajap Tayyip Erdo'g'anning qayd etishicha Turkiya, 2023-yili 75 million sayyohga mezbonlik qilishni rejalashtirmoqda.   

Prezident Erdo'g’an, 27-sentabr Butunjahon turizm kuni munosabati bilan Twitter orqali post qoldirdi va unda,

“Yurtimizning butunjahon turizmidan olgan ulushini yana-da orttirish bo’yicha olib borgan faoliyatlarimizni uzluksiz davom ettirmoqdamiz. Maqsadimiz 2023-yili 75 million sayyohga mezbonlik qilishdir” degan ifodalarga o’rin berdi.

Twitterda qoldirgan postida, “Turizm 2023, Turkiyaning 2023 Turizm strategiyasi” degan sarlavha o’rin olgan infografika lavhasida, 2019-yilning oxirida Uzoq Sharqdan 1.1 million, Markaziy Yevropadan 2.8 million, Amerika qit’asidan 1.1 million sayyoh soniga yetishning kutilganini, 2023-yili esa Uzoq Sharqdan 4 million, Markaziy Yevropadan 4.5 million va Amerika qit’asidan 3 million sayyohning kelishi kutilganligini qayd etdi.

Shu rejalarni amalga oshirish uchun infografika lavhasida 7 bosqich haqida gap ketgar ekan ular quyidagicha:

- Keng ko'lamli tanishtirish ishlarini olib borish

- Transport infratuzilmasini takomillashtirish

- Inson resurslaridan samaraliroq foydalanish

- Turistik mahsulot turlarini ko'paytirish

- Turar joy ornini orttirish

- Raqobatbardoshlikka ahamiyat berish

- Barqaror va toza ekologik muhitni rivojlanishni qabul qilish.

 



Aloqador xabarlar