Turkiya 8 oyda dengiz mahsulotlari eksportidan 632 million dollardan ortiq daromad to‘pdi

Turkiya joriy yilning yanvar oyidan avgust oyigacha dunyoning 81 davlatiga 122 ming 613 tonna dengiz mahsulotlari eksport qildi.

1497338
Turkiya 8 oyda dengiz mahsulotlari eksportidan 632 million dollardan ortiq daromad to‘pdi

Turkiya yilning 8 oylik davrida dengiz mahsulotlari eksportidan 632 million 260 ming 657 dollar daromad qo‘lga kiritdi.

Turkiya joriy yilning yanvar oyidan avgust oyigacha dunyoning 81 davlatiga 122 ming 613 tonna dengiz mahsulotlari eksport qildi.

Bu davr mobaynida ushbu eksport eng ko‘p Niderlandiya, Italiya va Rossiya Federatsiyasiga yo‘lga qo‘yildi.

Yanvar – avgust oylarida Niderlandiyaga 87 million 91 ming 789, Italiyaga 83 million 615 ming 774 va Rossiyaga 67 million 127 ming 210 dollarlik dengiz mahsulotlari eksport qilindi.

Bu orqali yuqorida nomi tilga olingan davrda dengiz mahsulotlari eksportidan jami 632 million 260 ming 657 dollar daromad qo‘lga kiritildi.

O‘tgan yilga solishtirganda bu davrda Misr, Finlandiya, Jibuti, Mavritaniya, Irlandiya, Kamerun, Tanzaniya, Mayot, Marokash, Senegal, Ruanda va Qirg‘izistonga ham dengiz mahsulotlari sotildi.

 



Aloqador xabarlar