Turkiya avtomobil sanoati eksportida ketma-ket 14- marotaba lider holiga keldi.

Turkiya eksportda yilga ko’ra ketma-ket 14- marotaba lider bo’lgan avtomobil sanoati sub-mahsulot“avtobuslar, mikroavtobuslar," chet el savdo hajmi  2019 yilda 2 milliard dollarni oshdi.

1341321
Turkiya avtomobil sanoati eksportida ketma-ket 14- marotaba lider holiga keldi.

Turkiya eksportda yilga ko’ra ketma-ket 14- marotaba lider bo’lgan avtomobil sanoati sub-mahsulot“avtobuslar, mikroavtobuslar," chet el savdo hajmi  2019 yilda 2 milliard dollarni oshdi.

Uludag’ avtomobilsozlik sanoati eksportchilari uyushmasidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yili  110 dan ortiq mamlakatda avtobus va  mikroavtobus sotilgan.

Ushbu guruhda 2019 yildagi eksport avvalgi yilga nisbatan 13,27 foizga o'sib, 2 milliard 31 million dollarni tashkil qildi.

 Sektor o'tgan yili ushbu mahsulot guruhini  eng ko'p  Fransiyaga  eksport qildi.

Fransiyaga  "avtobus-mikroavtobus-midibus" tashqi savdo esa  2018 yilga nisbatan 33,36 foizga oshib, 332 million 15 ming dollarni tashkil qildi.

Ikkinchi o'rinda Germaniyaga  tashqi savdo aylanmasi 4,46 foizga pasayib , 311 million 254 ming dollarga tushdi.

Italiyaga eksport 18,37 foizga oshdi.

Bu davlatga  o'tgan yili qilingan eksport 207 million 274 ming dollardan 245 million 344 ming dollarga ko’tarildi.

Ruminiyaga qilingan eksport 58 foizga o'sib, 135 million 349 ming dollarga o’sdi.

Ruminiya  eng ko'p eksport qilingan to'rtinchi mamlakat holiga keldi.

O'tgan yili  Ispaniyaga avtobus-mikroavtobus-midibus soni 27 foizga ko'payib 87 million 110 ming dollar miqdorida eksport qilindi.

O'tgan yili ushbu mahsulotlar guruhidagi eksportning eng yuqori o'sishi Ozarbayjon-Naxchivanga tashqi sotuvlari edi.

Ozarbayjon-Naxchivan yo'nalishidagi avtobuslar va mikroavtobuslarning tashqi savdosi 263 foizga o'sib, 18 million 971 ming dollardan 68 million 990 ming dollarga ko'tarildi.

Marokashga qilingan eksport 33,83 foiz o’sish bilan , 33 million 882 ming dollardan 45 million 344 ming dollarga ko'tarildi.

 Eng ko’p  avtobus-mikroavtobus-midibuslarning  eksport qilingan  mamlakat esa Avustriya edi.

 Ushbu mamlakatga qilingan tashqi savdo hajmi  66,19 foiz bilan 26 million 667 ming dollardan 44 million 319 ming dollargacha oshdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar