Turkiya, joriy yilning yanvar-fevral oylarida 228 million dollar miqdorida sitrus eksport qildi

O'tgan yilning yanvar-fevral oylarida 399 ming tonna sitrus eksporti evaziga 170 million dollarni tashkil etgan va joriy  yilning shu davrida  esa 442 ming tonna uchun 222 million dollar daromad hosil qilingan.

1381324
Turkiya, joriy yilning yanvar-fevral oylarida 228 million dollar miqdorida sitrus eksport qildi

Turkiya, joriy yilning yanvar-fevral davrida sitrusdan 228 million dollar daromad hosil qildi.

Milliy Sitrus Kengashi rahbari Kemal Kachmazning ta'kidlashicha, o'tgan yilning yanvar-fevral oylarida 399 ming tonna sitrus eksporti evaziga 170 million dollarni tashkil etgan va joriy  yilning shu davrida  esa 442 ming tonna uchun 222 million dollar daromad hosil qilingan.

Kachmaz, Yevropa o'lkalariga eksport ijobiy davom etganligini ifoda etdi.

"O'tgan yili Polshaga 8 ming tonna, bu yil 16 ming tonna eksport qilingan. Germaniyaga 3 ming tonna  bo’lgan eksportimiz 5 ming tonnaga yetdi. Mahsulotlar asosida, mandarin , apelsin va greyfurt eksporti ko'paymoqda." dedi.

Kemal Kachmaz, oxirgi ikki yil ichida eng ko'p eksport Rossiya, Ukraina, Iroq, Ruminiya va Polshaga qilinganligini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Eksport , #228 million dollar , #Sitrus , #Turkiya

Aloqador xabarlar