Turkiyada chet elliklarning turar-joy talabida ortish kuzatildi

Turkiyada chet elliklarning turar-joy talabida ortish kuzatilar ekan, ular eng ko'p Istanbuldan uy-joy sotib olmoqda.

1185460
Turkiyada chet elliklarning turar-joy talabida ortish kuzatildi

Turkiyada shu yilning mart oyida chet elliklarga sotilgan uy-joylar soni o’tgan yilning shu oyiga nisbatan 71.3 foiz ortgan holda, 3 ming 129 taga yetdi.

Turkiya statistika qo’mitasi, mart oyidagi uy-joy sotishlari haqidagi ma’lumotlarni e’lon qildi.

Mazkur ma’lumotga ko’ra chet elliklarga Istanbulda 1520 ta, Antaliyada 626 ta, Anqarada 173 ta, Bursada 121 ta va Yalovada 110 ta uy sotilgan.  

Mart oyida Iroq fuqarolari Turkiyadan 548 ta, Eron fuqarolari 334 ta, Saudiya Arabistoni fuqarolari 189 ta, Rossiya fuqarolari 156 ta, Afg’oniston fuqarolari 150 ta uy sotib olgan.

 

 


Tanlangan kalimalar: #chet elliklar , #turar-joy , #Istanbul , #Turkiya

Aloqador xabarlar