Turkiyadan Rossiyaga 70.5 million dollarlik yangi meva sabzavot mahsulotlari eksport qilindi

Qora dengizning sharqiy hududida 2019-yilning yanvar oyidan boshlab avgust oyigacha Rossiya Federatsiyasiga 70.5 million AQSh dollariga teng yangi meva sabzavot mahsulotlari eksport qilindi.

1271097

Hududdan yilning 8 oyida Rossiyaga eksport qilingan mahsulotlardan jami 94 621 552 AQSh dollariga teng daromad qo’lga kiritildi.

Tashqi savdoda 85 438 tonnalik yangi meva sabzavot mahsulotlaridan roppa-rosa 70 517 179 AQSh dollariga teng daromad qo’lga kiritildi. Bu orqali yangi meva sabzavot mahsulotlari tashqi savdoda birinchi qatorda o’rin oldi.

Huddi shu davrda Rossiyaga 15 782 945 AQSh dollariga teng suv va hayvonlardan olingan mahsulotlar, 5 242 74 AQSh dollariga teng funduk va fundukdan yasalgan mahsulotlar sotildi.

Rossiyaga eksport qilingan mahsulotlarning 70 foizi, mamlakatning Trabzon viloyatidan yuborildi.

Aloqador xabarlar