Turkiyadan Rossiyaga eksport qilingan pomidor miqdorida ortish kuzatildi

Turkiya o’tgan yili dunyoning 53 ta davlatiga pomidor eksport qilar ekan undan 292 million dollarlik daromad qo’lga kiritgan.

1182251
Turkiyadan Rossiyaga eksport qilingan pomidor miqdorida ortish kuzatildi

Turkiyadan Rossiyaga shu yilning yanvar oyidan mart oyigacha eksport qilingan pomidor miqdorida o’tgan yilning shu davriga nisbatan 411 foiz ortish kuzatilar ekan, daromadi 47 million 521 ming AQSh dollariga chiqdi.

Egey eksportchi uyushmalari ma’lumotlariga ko’ra Turkiya o’tgan yili dunyoning 53 ta davlatiga pomidor eksport qilar ekan undan 292 million dollarlik daromad qo’lga kiritgan.

Turkiya Rossiyaga 2018-yilning yanvar oyidan mart oyigacha 9 million 297 ming dollarlik pomidor eksport qildi. Bu yil, huddi shu davrda bu raqam 411 foizga ortar ekan daromadi 47 million 521 ming dollarga chiqdi. Turkiya Rossiyadan keyin eng ko’p Ruminiya va Bolgariyaga pomidor eksport qildi.

Pomidor ekspochilari bundan buyon Uzoq sharq bozoriga ham pomidor eksport qilish niyatida.  

Shu doirada Xitoy bilan amalga oshirilishi kerak bo’lgan uchrashuvlar esa davom etmoqda.  



Aloqador xabarlar