Turkiyaga 10 oyda 13 mlndan ortiq sayyoh keldi
Turkiyaga bu yilning 10 oyida chet eldan 13 million 652 ming 641 kishi keldi.
Turkiyaga bu yilning noyabr oyigacha chet eldan 13 million 652 ming 641 kishi tashrif buyurdi.
Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan mavzu haqida berilgan bayonotga ko‘ra bu yilning yanvar oyidan oktabr oyigacha Turkiyaga 11 million 200 ming 892 nafar chet ellik kishi tashrif buyurgan.
Aslida chet elda yashab yanvar oyidan sentabr oyigacha Turkiyada yashagan 2 million 451 ming 749 kishi bilan bu yilning 10 oyida tashrif buyurganlar soni 13 million 652 ming 641 nafarga yetdi.
Turkiyaga yanvar oyidan oktabr oyigacha eng ko‘p 1 million 911 ming 264 kishi bilan Rossiyadan tashrif buyurganlar bo‘ldi.
Huddi shu davrda Germaniyadan 1 million 37 ming 293, Bolgariyadan 997 ming 470 kishi keldi.
Turkiyaga eng ko‘p mehmon yuborgan Bolgariyani Ukraina bilan Britaniya kuzatdi.