Turkiyaning kemasozlik sektoridagi eksporti 5 yilda 6,4 mlrd dollarga yetdi

Turkiyaning kema, yaxta va xizmatlar sektoridagi eksporti 5 yil ichida 6,4 milliard dollarga yetgan bo'lsa, bu davrda eng yuqori savdo 1 milliard 647 million dollar bilan Norvegiyaga amalga oshirildi.

1762184

Eksportchilar Assambleyasi (TIM) ma'lumotlariga ko'ra, Turkiyaning kema, yaxta va xizmatlar sektori eksporti 2021 yilda 1 milliard 626 million 377 ming dollarni tashkil etdi. Shunday qilib, 2017-2021-yillarda sektor eksporti 6 milliard 372 million 397 ming dollarga yetdi.

Sektorning 5 yillik eksportida 1 milliard 646 million 901 ming dollar bilan Norvegiya yetakchilik qildi.

Bu davlatdan keyin 589 million 941 ming dollar bilan Marshall orollari, 513 million 410 ming dollar bilan Malta, 346 million 382 ming dollar bilan Rossiya va 152 million 642 ming dollar bilan Fransiya joy oldi.

Bu jarayonda AQSHga 114 million 821 ming dollar, Xitoyga 101 million 412 ming dollar eksport qilingani eʼtiborga molik boʻldi.

Tanlangan kalimalar: #Eksport , #Yaxta , #Kema , #Turkiya

Aloqador xabarlar