Yanvar oyida 14 million 68 ming 59 kishi havo yo’li orqali safar qildi

Davlat aeroportlari boshqaruvi Bosh direktorligi yanvar oyi bo’yicha havo yo’li, uchoq, yo’lovchi va yuk tashish statiskalarini e’lon qildi.

1141864
Yanvar oyida 14 million 68 ming 59 kishi havo yo’li orqali safar qildi

Havo yo’li orqali sayohat qilganlar soni bu yilning yanvar oyida 14 million 68 ming 59 nafar ekanligi aniqlandi.

Davlat aeroportlari boshqaruvi Bosh direktorligi yanvar oyi bo’yicha havo yo’li, uchoq, yo’lovchi va yuk tashish statiskalarini e’lon qildi.  

Mazkur statistikaga ko’ra Turkiyaning aeroportlardan uchib-qo’ngan havo transporti qatnovi mahalliy yo’nalishlarda 63 ming 266, xalqaro yo’nalishlarda 41 ming 425 safarni tashkil etgan. Shu bilan birga uchib o’tishlar (overflight) bo’yicha safarlar soni 37 ming 488 ekanligi aniqlangan. Bu orqali havo yo’lida xizmat bergan jami uchoq safarlari soni 142 ming 179 ga yetgan.   

Yanvar oyida Turkiya bo’ylab aeroportlarda mahalliy havo yo’nalishlari bo’yicha 8 million 577 ming 880, xalqaro havo yo’nalishlar bo’yicha 5 million 469 ming 763 kishi safar qilgan.  Bu orqali yuqorida nomi tilga olingan oyda to’g’ridan-to’g’ri tranzit yo’lovchilar bilan birga jami 14 million 68 ming 59 nafar kishi havo yo’li orqali sayohat qilgan. Aeroportlardan yanvar oyidan e’tiboran mahalliy yo’nalishlar orqali 67 ming 999 tonna, xalqaro yo’nalishlar orqali 201 ming 642 tonna jami esa 269 ming 641 tonna yuk (kargo, pochta va bagaj) tashilgan



Aloqador xabarlar