Istanbulda Termiziyning “Sunan” asarini xatm qilgan yosh olimlarga ijozalar berildi

Ushbu nufuzli tadbir doirasida prezident Rajap Tayyip Erdog‘an ishtirokida Imom Termiziyning “Sunan” asarini xatm qilgan yosh olimlarga muhaddis Shayx Muhammad Avvoma tomonidan maxsus ijozalar taqdim etildi.

2091822
Istanbulda Termiziyning “Sunan” asarini xatm qilgan yosh olimlarga ijozalar berildi

 

Istanbulda Termiziyning “Sunan” asarini xatm qilgan yosh olimlarga ijozalar berildi.

19 yanvar kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya prezidenti tashabbusi bilan Payg‘ambarimiz alayhissalom va hadis ilmi tadqiqiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli tadbir doirasida prezident Rajap Tayyip Erdog‘an ishtirokida Imom Termiziyning “Sunan” asarini xatm qilgan yosh olimlarga muhaddis Shayx Muhammad Avvoma tomonidan maxsus ijozalar taqdim etildi.

Ma’lumotga ko’ra, o‘zbekistonlik olim Muhammad Odil Hamid MDH hududidan ushbu ijozani olgan yagona vakil bo‘ldi.

Mazkur anjumanda O‘zbekiston prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev kabi bir qator O‘zbekiston vakillari ishtirok etdi.

Rajap Tayyip Erdog‘an marosimda so‘zga chiqib, Muhammad Payg‘ambarimiz insonlarga eng go‘zal ibrat ekanlari, chiroyli xulqlari, Ul zotdan musulmon ummatiga Qur'on va sunnat qolganini ta'kidlash barobarida Shayx Muhammad Avvoma hazratlari rahbarligida Imom Suyutiy, Imom Zarqoniy kabi muhaddislarning asarlari sharh qilingani hamda Imom Termiziyning “Sunan” asari tahqiq etilgani juda katta savobli ish bo‘lganini qayd etdi.


Tanlangan kalimalar: #Termiziy

Aloqador xabarlar