14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda tavallud topgan, Farg'ona hukmdorining o‘g‘li, Amir Temurning nabirasi.

2102096
14 fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

 

Zahiriddin Muhammad Bobur — buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixshunos va davlat arbobi; boburiylar sulolasi va saltanati asoschisi.

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevral kuni Andijonda tavallud topgan, Farg'ona hukmdorining o‘g‘li, Amir Temurning nabirasi. Bobur 1494 yil Farg‘ona hokimi bo‘ladi, 1526 yil Hindistonda markazlashgan boburiylar davlatiga (jahon tarixiga “buyuk mo‘g‘ullar saltanati” bo‘lib kirgan) asos solib, Hindiston inglizlar tomonidan bosib olinishiga qadar (1848) mavjud bo‘lgan. Agra shahrida 1530 yil 26 dekabr kuni vafot etgan.

Boburning she’rlari — shoirning tarjimai xoli, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U orqali ijodkor shoirona til orqali teran tuyg‘ularni bayon qiladi, hayotiy hodisalar to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘lgan tashvishlarni mohirona so‘zlaydi.


Tanlangan kalimalar: #Zahiriddin Muhammad Bobur

Aloqador xabarlar