Turkiyadagi eng mashhur qamoqxona-muzeyni bilasizmi?

Turkiyadagi eng mashhur qamoqxonalardan biri Anqaraning Altindag‘ tumanida joylashgan Ulujanlar qamoqxonasidir.

2104362
Turkiyadagi eng mashhur qamoqxona-muzeyni bilasizmi?

 

Turkiyadagi eng mashhur qamoqxonalardan biri Anqaraning Altindag‘ tumanida joylashgan Ulujanlar qamoqxonasidir.

1925-2006 yillarda mahkumlar saqlangan mazkur qamoqxonada hozir muzey hamda madaniyat va san’at markazi sifatida faoliyat olib bormoqda. Ya’ni qamoqxonani shunchaki buzib tashlashmagan, o‘tmishda nimalar bo‘lganini eslab turish uchun muzeyga aylantirishgan.

Ulujanlar qamoqxonasida o‘z vaqtida taniqli turk siyosatchilari va shoir-yozuvchilari saqlangan. Masalan, bosh vazir bo‘lib ishlagan Bulent Ejevit, Buyuk birlik partiyasining asoschisi Muhsin Yazijio‘g‘li, shoir Nozim Hikmat, adib Yashar Kamol va hokazo.

O‘lim jazosiga mahkum etilgan o‘nlab kishi aynan shu yerda osilgan. Muzeyda qamoqxona xodimlari va mahkumlarning audioyozuvlarini eshitish mumkin. Bu reallikni aks ettirish maqsadida qilingan.


Tanlangan kalimalar: #Ulujanlar qamoqxonasi , #Turkiya

Aloqador xabarlar