AQShda tarixiy oltin tanga 18.9 million dollarga sotildi

Tanganing old tomonida Ozodlik ma'budasi, orqa tomonida esa AQShning milliy ramzi hisoblangan oqbosh burgut tasvirlangan. Ushbu tanga 1933 yilda chiqarilgan bo'lib, u hech qachon muomalada bo‘lmagan.

1655017
AQShda tarixiy oltin tanga 18.9 million dollarga sotildi

 

AQShda 1933 yilga oid bo'lgan oltin tanga 18.9 mln dollarga sotildi. Oltin tanga Nyu-Yorkdagi Sotheby’s kimoshdi savdosida sotuvga qo'yilgandi.

"Qo‘sh burgut" (Double Eagle) nomli oltin tanga Nyu-Yorkdagi Sotheby’s kimoshdi savdosida rekord narxga – 18.9 mln dollarga sotildi. Uni sotib olgan kishining shaxsi ma'lum qilinmadi.

Tanganing old tomonida Ozodlik ma'budasi, orqa tomonida esa AQShning milliy ramzi hisoblangan oqbosh burgut tasvirlangan. Ushbu tanga 1933 yilda chiqarilgan bo'lib, u hech qachon muomalada bo‘lmagan.

AQSh prezident Franklin Delano Ruzvelt davrida oltin standartdan voz kechgan. Uning buyrug'i bilan bungacha tayyorlab qo‘yilgan tilla tangalar eritib yuborilgan, biroq ulardan bir nechtasi saqlanib qolingan.

Hozirda saqlanib qolgan oltin tangalardan ikkitasi bir muzeyda saqlanmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Double Eagle , #oltin tanga , #AQSh

Aloqador xabarlar