Shveysariyada Turk madaniyati festivali o'tkazildi

Taxminan 20 ming kishi ishtirok etgan festivalda turk madaniyatini aks ettiruvchi ebru va shisha san'ati bilan an'anaviy turk taomlarini tanitish uchun stendlar ochildi.

1846035
Shveysariyada Turk madaniyati festivali o'tkazildi

 

Shveysariyaning Tsyurix shahrida bu yil ikkinchi marta uyushtirilgan Turk madaniyati festivali mamlakatda yashagan turklar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Taxminan 20 ming kishi ishtirok etgan festivalda turk madaniyatini aks ettiruvchi ebru va shisha san'ati bilan an'anaviy turk taomlarini tanitish uchun stendlar ochildi.

Turk madaniyati festivali ishtirokchilar o’rtasida uyushtirilgan sovg’a o’yini bilan yakunlanar ekan, lotereya g’olibiga Umra sayohati taqdim etildi.

Shveysariya Turk Diniy Jamg'armasi tomonidan uyushtirilgan festivalning birinchisi 2018 yilda bo'lib o'tgandi.

Koronavirus (Kovid-19) epidemiyasi tufayli ikkinchi festival 3 yil keyinga qoldirilgandi.


Tanlangan kalimalar: #festival , #Shveysariya

Aloqador xabarlar