Belgiyaning Verviers shahrida inson yuragi solingan quti topildi

Yurak 1839 yilda vafot etgan shaharning birinchi meri Per Davidga tegishli bo‘lib, u 20 avgustda ishchilar tomonidan topilgan. Yurak rux metallidan ishlangan quti ichida alkogol solingan holda saqlangan.

1484784
Belgiyaning Verviers shahrida inson yuragi solingan quti topildi

 

Belgiyaning Verviers shahri markazidagi favvorani qayta ta'mirlash ishlari vaqtida uning ostida shaharning birinchi merining yuragi solingan quti topildi.

Yurak 1839 yilda vafot etgan shaharning birinchi meri Per Davidga tegishli bo‘lib, u 20 avgustda ishchilar tomonidan topilgan. Yurak rux metallidan ishlangan quti ichida alkogol solingan holda saqlangan. Qutining ustiga “Per Davidning yuragi bu qutiga 1883 yil 25 iyunda qo’yildi” deb yozilgan.

U hozirda shaharning Nafis san’atlar muzeyida namoyish qilinmoqda.

Per David Verviers shahrini 1798 yildan to o‘limigacha boshqargan. U shaharni o‘t o‘chirish jamoasi va maktab bilan ta'minlagan. Per David 68 yoshida baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan. Mish-mishlarga qaraganda, mahalliy hokimiyat uning yuragini saqlab qolishga qaror qilgan. Tarixiy manbalarda ta'kidlanishicha, merning yuragi 44 yil davomida mahalliy hokimiyat binosida saqlangan. 1883 yilda esa uni shahar markazidagi favvora ostiga ko‘mishga qaror qilingan. O‘sha yildan favvora uning nomi bilan atala boshlangan.

 


Tanlangan kalimalar: #Per David , #Verviers , #Belgiya

Aloqador xabarlar