18 noyabr – Xalqaro Islom san’atlari kuni deb e’lon qilindi

UNESCO tashkilotining 40-konferensiyasida olingan qarorga muvofiq, 18 noyabr – Xalqaro Islom san’atlari kuni deb e’lon qilindi.

1530234
18 noyabr – Xalqaro Islom san’atlari kuni deb e’lon qilindi

 

UNESCO 18 noyabrni  “Xalqaro Islom san’atlari kuni” deb e’lon qildi.

UNESCO tashkilotining 40-konferensiyasida olingan qarorga muvofiq, 18 noyabr – Xalqaro Islom san’atlari kuni deb e’lon qilindi.

Shu bilan eng boy va keng tarqalgan sharq san'atlaridan biri – Islom san'atining madaniyatga qo’shgan beqiyos hissasiga e’tiborni kuchaytirish maqsad qilingan.

Shuningdek, 18 noyabr – Xalqaro Islom san’atlari kuni deb e’lon qilingani sharq san'atlaridan biri bo’lgan islom san’atining yangidan yangi turli qirralari kashf etilishiga turtki berishi qayd etildi. Ayni vaqtda, so’z erkinligiga, madaniy merosni ko’z-qorachig’idek asrab-avaylashga va madaniyatlararo aloqani mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

UNESCO shu munosabat bilan barchani Xalqaro Islom san’atlari kuniga bag’ishlab o’tkaziladigan tadbirlarga hissa qo’shishga chaqirdi.

Tashkilot bosh rahbari Audrey Azoulay ma’lum qilishicha, Islom san'ati – eng boy va keng tarqalgan sharq san'atlaridan biri bo’lib, uning hanuz yangidan yangi turli qirralari kashf etilishi davom etmoqda. 

Uning ta’kidlashicha, Xalqaro Islom san’atlari kuni ajdodlar merosini asrash va Islom san’ati tarixi bilan yaxshiroq tanishishga yordam beradi.

 



Aloqador xabarlar