TRT World Forum-2020 dekabrda boshlanadi

COVID-19 epidemiyasi tufayli videoanjuman shaklida bo’lib o’tadigan forumning ochilishida Turkiya Teleradiokompaniyasi bosh direktori Ibrohim Eren ma’ruza qiladi.

1534733
TRT World Forum-2020 dekabrda boshlanadi

 

TRT World Forum-2020 joriy yilning 1- va 2-dekabr kunlari “Pandemiyadan keyingi xalqaro tartib va ​​dunyodagi o'zgarish dinamikasi” mavzusida o’z ishini boshlaydi.

COVID-19 epidemiyasi tufayli videoanjuman shaklida bo’lib o’tadigan forumning ochilishida Turkiya Teleradiokompaniyasi bosh direktori Ibrohim Eren ma’ruza qiladi.

Forumda dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchilar, akademiklar va mutahassislar COVID-19 epidemiyasidan keyingi jarayonni muhokama qiladi.

Tadbir doirasida 8ta ochiq anjuman, 8ta davra suhbati va 4ta munozara anjumani bo’lib o’tadi.

Forumda Yevropa, Osiyo va Afrika teleradio-eshittirishlar uyushmalari rahbarlari “Pandemiya davrida medianing ro’li”ga e’tibor qaratadi.

Ochiq anjumanlarda “Pandemiya davrida global salomatlik muammolariga mushtarak yechimlar”, “Mehnat va ta’lim sektorining kelajagi”, “Sayohatsiz bir dunyo”, “Epidemiya fursatmi yoki girdobmi?” kabi qator mavzularda munozaralar bo’lib o’tadi.

“O’zgaruvchan dunyo tartibida turk tashqi siyosati”, “Urush va epidemiya: Suriya va Yamanda hayot uchun kurash”, “Ozarbayjon-Armaniston to’qnashuvining oqibati” nomli mavzular ham mutahassislar kun tartibidan joy oladi.

Forumda AQSh davlat kotibligining siyosiy rejalash bo’yicha direktori Peter Berkovitz, Birlashgan Millatlar Tashkiloti taraqqiyot dasturi rahbari Achim Steiner, prezident matbuot kotibi Ibrohim Kalin, Tibbiyot fanlari nomzodi professor Mehmet O’z va boshqa 40dan ortiq vakil ishtirok etadi.

TRT World Forum-2020 haqida batafsil ma’lumot uchun www.trtworldforum.com sahifasiga murojaat qilishingiz mumkin.

 

 


Tanlangan kalimalar: #İbrahim Eren , #TRT World Forum-2020 , #TRT

Aloqador xabarlar