Bularni bilasizmi 14-qism

Turkiyada vaktsina ishlab chiqarish bo’yicha faoliyatlar ilk bor Usmoniylar davrida boshlanganligini bilarmidingiz?

1387428
Bularni bilasizmi 14-qism

 

    

        1721 yili Britaniya elchisining turmush o’rtog’i Montagu honim Britaniyaga yozgan maktubida Istanbulda chechak kasalligiga qarshi “vaktsina” degan bir dori ishlab chiqilganligini anglatadi. Bu maktub vaktsina ishlab chiqarilishi bilan bog’liq eng eski hujjatlardan hisoblanadi.

        Fransuz kimyogar va mikrobiolog Louis Pasteur quturganlar ustida tadqiqot olib borishni davom ettirish uchun davrning hukmdorlaridan moddiy yordam talab qiladi. 2-Abdulhamid moddiy yordam berishini, biroq ilmiy faoliyatlarni Istanbulda olib borishini taklif qiladi. Bu taklifni qabul qilgan  Pasteurga 10 000 oltin yuboradi va Usmoniylardan 3 kishiga ham buning ilmini o’rgatishini so’raydi. Fransiyaga yo’l olgan 3 kishilik guruh qaytishida ilmiy faoliyatlarini davom ettirish maqsadida “quturish mikrobi” emlangan bir suyak iligi olib keladi.

          1887 yilning yanvar oyida “Quturish muolajasi markazi” tashkil etiladi. Bu dunyoda uchinchi, sharqda esa ilk “Quturish muolajasi markazi” bo’lib hisoblanadi.

           Ozodlik urushi yillarida ham juda qiyin sharoitlarda hayvon va insonlar uchun vaksina ishlab chiqariladi. Bu faoliyatlar Respublika tashkil etilgan yillarda ham davom etadi. 1940 yillarga qadar tepkili terlama, tifus, difteriya, BCG, xolera, ko'k yo’tal, tetanoz, quturish kasalliklariga qarshi vaktsinalar muntazam ishlab chiqarila boshlaydi. 1940 yili Turkiya Xitoyga xolera kasalligiga qarshi vaktsiya yuborgan.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #Usmoniy davlati , #vaktsina

Aloqador xabarlar