Bularni bilasizmi 28-qism

Turkiya dorivor va xushbo’y o’simliklar yetishtirish bo’yicha dunyoda sanoqli davlatlardan biri ekanligini bilarmidingiz?

1450467
Bularni bilasizmi 28-qism

 

 

Tibbiyotda qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar va xushbo’y o’simliklar kasallikni oldini olish, sog’lom yashash yoki farmatsevtika tarmog‘ida dori vositasi sifatida ishlatiladigan o’simliklarga berilgan nom hisoblanadi.

Ekologik tuzilishi jihatidan ko’plab shifobaxsh o’simlik turlarining ona vatani bo’lgan Turkiya dorivor va xushbo’y o’simliklarga ham juda boy.

Turkiyada tabiat qo’ynidan to’plangan taxminan 100 atrofidagi o’simlik turi xorij davlatlarga eksport qilinadi. Turkiyada taxminan 20 xil dorivor o‘simlik turi mavjud bo’lib, ularni yetishtirish, qayta ishlash, ularning madaniy plantatsiyalarini yaratish, urug‘chiligi va onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish ishlariga katta ahamiyat beriladi.

Turkiyada asosan jambil, ko'knori, lavroviy list, choy, anason, zira, shalfey, qizil qalampir va boshqa turli xil tabiiy choylar yetishadi hamda xorijga eksport qilinadi. Masalan; jambil, zira, ko’knori va lavroviy list eksporti bo’yicha Turkiya dunyoda muhim davlatlardan biridir. Yilda taxminan 4-7 ming tonna atrofida jambil eksport qilgan Turkiya bundan 10-16 mln dollar daromad qo’lga kiritadi.

 

 



Aloqador xabarlar