Bularni bilasizmi 29-qism

Ona vatani sharqiy O’rta Yer dengizi bo’lgan jambilning Turkiyada ko’plab xili borligini va dardlarga davo ekanligini bilarmidingiz?

1454156
Bularni bilasizmi 29-qism

 

 

Xalq tabobatida o’simliklardan foydalanish insoniyat tarixining eng qadimgi davrlariga borib taqaladi. Jambil xalq tabobatida juda qadimgi davrlardan beri qo’llanilib kelingan o’simliklardan biridir. Ayniqsa, ziravor sifatida ishlatiladigan jambil taomlarga lazzat beradi va hazm qilishni qulaylashtiradi.

Shifobaxsh o’simliklardan biri bo’lgan jambil xalq orasida bir qancha maqsadlarda ishlatiladi. Shuningdek, o’pka, bronxit, oshqozon va ichak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Bundan tashqari, yo’tal va nafas olish yo’llari infektsiyasiga qarshi choy sifatida iste’mol qilinadi, og’iz chayqaladi. Organizmda qon aylanish tizimini yaxshilaydi. Qondagi shakar miqdorini pasaytiradi. Me’da-ichak parazitlarini yo’qotishda qo’llaniladi.

Jambilning foydalarini sanog’iga yetib bo’lmaydi. Xomiladorlarga unchalik tavsiya qilinmaydi.


Tanlangan kalimalar: #Jambil

Aloqador xabarlar