“Mendirman Jaloliddin” tarixiy seriali 2021-yil yanvarda katta ekranga chiqadi

O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkiyaga safari chog'ida “Mendirman Jaloliddin” tarixiy seriali  ijodkorlari bilan uchrashdi.

1491656
“Mendirman Jaloliddin” tarixiy seriali 2021-yil yanvarda katta ekranga chiqadi

 

O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Turkiyaga safari chog'ida MendirmanJaloliddintarixiyseriali ijodkorlari bilan uchrashdi.

“Mendirman Jaloliddin” tarixiy serialini bugun nafaqat O'zbekistonliklar, balki butun Turkiy xalqlar intiqlik bilan kutmoqda. Hozirda filmning montaj jarayoni yakunlanmoqda. Madaniyat vaziri kino ijodkorlari bilan suhbatlashib, jaryonlarni ko'zdan kechirdi.

Mazkur filmni tasvirga olish uchun 50 gektar maydonda pavilyon o'rnatilgan bo'lib, filmda ishtirok etish uchun mingdan ortiq ijodkor jalb etilgan. Bugungi kunda asosiy rollarni mahorat bilan ijro etayotgan O'zbek aktyorlari ot minish va qilichbozlik bo'yicha maxsus tayyorgarlikdan o'tdi. Shu bilan birga Turk tilini o'rganib, O'zbek tarixiga oid bilimlarini boyitdi.

Filmning asosiy qahramonlari – Sulton Jaloliddin Manguberdi, Sulton Olovuddin, Temur Malik, Turkon xotun, Chingizxon va uning farzandlari obrazlari ustida mukammal ishlandi. Har bir aktyorga o'sha davr ruhiyatiga mos ravishdagi liboslar tikildi.

– Dunyo miqyosidagi katta loyihaga qo'l urganimni chuqur his qilyapman, – deydi Mehmet Bo'zdag'. – Bu filmni suratga olish oson emas. Juda katta tayyorgarlik va mahorat kerak. Ammo men Jaloliddin tarixini yaxshi bilar edim. Biroq faqat mening bilimim yetarli emas, jamoa, ssenariy muallifi, liboslar dizeyneri, tasvirchi, rejissyorlar ham xabardor bo'lishi muhim edi. Shu sababli suratga olish ishlaridan avval ijodkorlarning barchasini Manguberdi tarixini chuqur o'rganishga undadim. Menga O'zbek aktyorlarining mahoratiga qanday baho berasiz, deb ko'p savol berishadi. Shuni ayta olamanki, ular endi dunyo miqyosidagi filmlarda ham rol o'ynashga tayyor. Shaxsan o'zim keyingi filmlarimga O'zbek aktyorlarini jalb etmoqchiman, chunki keyingi serialimiz Mirzo Ulug'bek haqida bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi buyurtmasiga asosan suratga olinayotgan “Mendirman Jaloliddin” seriali O'zbekiston tomonidan “Best organiser” MCHJ va Turkiyaning “Bozdag' film” kinokompaniyasi o'rtasida tuzilgan shartnomaga binoan “Orient Finans Bank” tijorat banki homiyligi asosida amlaga oshirilmoqda. Serialga 7 million AQSH dollari mablag' sarflanadi.

Oktyabr oyining ikkinchi yarmida “Bozdag' film” kinokompaniyasi rahbari Mehmet Bo'zdag'ning O'zbekistonga tashrifi kutilmoqda. “Mendirman Jaloliddin” seriali 2021-yil yanvar oyida katta ekranlarga chiqarilishi rejalashtirilgan.

 



Aloqador xabarlar