O‘zbekistonlik oshpazlar VII Xalqaro yosh oshpazlar olimpiadasida ishtirok etmoqda

Jahon tarixida birinchi marta Kulinariya olimpiadasi onlayn formatda o‘tmoqda va unda dunyoning 50 mamlakati vakillari qatnashmoqda.

1582497
O‘zbekistonlik oshpazlar VII Xalqaro yosh oshpazlar olimpiadasida ishtirok etmoqda

 

O‘zbekistonlik yosh oshpazlar VII Xalqaro yosh oshpazlar olimpiadasida ishtirok etmoqda

O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi huzuridagi Xalqaro O‘zbek pazandachilik sanʼati markazi vakillari – yosh oshpazlar Abdurahmon Abduvohidov va Ahmadjon Hamdamov VII Xalqaro yosh oshpazlar olimpiadasi (YCO 2021)da ishtirok etmoqda.

Jahon tarixida birinchi marta Kulinariya olimpiadasi onlayn formatda o‘tmoqda va unda dunyoning 50 mamlakati vakillari qatnashmoqda.

YCO 2021da yosh oshpazlar mahorati jahonga mashhur mutaxassislar Devid Foskett, Braĭan Terner, Anton Edelman, Jon Vud, Endryu Bennett, Styuart Littljon, Kris Gelvin, Endi Varma, Enso Oliveri, Ranvir Brar, Abxijit Saxa, Stiven Xogan, Andreas Myuller, Devid Grem va kulinar ishbilarmon Karen Anand tomonidan baholanadi.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda O‘zbekistonda gastronomik turizm hamda uning rivojiga katta eʼtibor qaratilmoqda, zero O‘zbekistonning bu yo‘nalishdagi salohiyati yuqori. Janubiy Koreya, Yaponiya, Rossiya kabi qator davlatlarda yashovchi vatandoshlar bugungi kelib xorijda o‘z oshxonalarini ochib, muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelishayotgani ham shundan dalolat beradi.  

 

 



Aloqador xabarlar