O’zbekistonda “Mendirman Jaloliddin” seriali namoyishi boshlandi

Bugun, 14 fevral kuni soat 20:30da O’zbekiston Milliy telekanalida O‘zbekiston va Turkiya hamkorligida tasvirga olingan “Mendirman Jaloliddin” nomli teleserial namoyishi boshlandi.

1583322

Chingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurashgan shahzoda Jaloliddin Manguberdiga bag‘ishlangan “Mendirman Jaloliddin” seriali Turkiyaning “Tirilish-Ertug‘rul” va “Qurilish-Usmon” kabi seriallari bilan mashhur bo‘lgan “Bozdag film” kompaniyasi tomonidan suratga olingan.

Serialda bosh qahramon Jaloliddin Manguberdi rolini turk aktyori Emre Kiviljim ijro etgan. Shuningdek, bir qator o‘zbekistonlik aktyor va aktrisalar - Tohir Saidov, Javohir Zokirov, Akbarxo‘ja Rasulov, Saida Rametova, Rayhon Ulasenova, Ra'no Shodiyeva, Feruza Normatova va Yulduz Rajabova ham ushbu loyihada ishtirok etishgan. Serialning ilk mavsumi 13 qismdan iborat.

Aloqador xabarlar