Turkiyada bolalar uchun islomiy telekanal ochiladi

Turkiya Din ishlari (Diyonat) boshqarmasi TRT davlat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda bolalarga mo‘ljallangan islomiy telekanal ochishga qaror qildi. Yangi telekanal “TRT Diyonat bolalar kanali” (TRT Diyanet Çocuk Kanalı) deb nomlanadi.

1655369
Turkiyada bolalar uchun islomiy telekanal ochiladi

 

Turkiya Din ishlari (Diyonat) boshqarmasi TRT davlat teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda bolalarga mo‘ljallangan islomiy telekanal ochishga qaror qildi.

Yangi telekanal “TRT Diyonat bolalar kanali”  (TRT Diyanet Çocuk Kanalı) deb nomlanadi.

Hamkorlik memorandumini imzolash marosimida nutq so‘zlagan Turkiya muftiysi Ali Erbosh bolalarga milliy va ma’naviy qadriyatlarning o‘rgatilishi zarurligiga e’tibor qaratdi.

“Farzandlarimizga o‘z qadriyatlarimizni o‘rgata olmadik. Ularni tarjima qilingan multfil’mlar va fil’mlar bilan to‘yintirishga urindik.  Holbuki, ularni milliy qadriyatlarimiz bilan to‘yintirishimiz darkor”, deydi Turkiya muftiysi Ali Erbosh.

Ali Erbosh xatolardan xoli, Qur’on va sunnat doirasidagi to‘g‘ri diniy ma’lumotlarga asoslangan telemahsulotlar ishlab chiqarish hamda ularni bolalarga namoyish etish kerakligini aytib o‘tdi.

TRT boshqaruv kengashi raisi va bosh direktori Ibrohim Eren esa, bolalarni islom dinidan xabardor qilib tarbiyalashga teleradiokompaniya ham o’z hissasini qo‘shishidan mamnun bo‘lishlarini bildirdi.



Aloqador xabarlar