Turkiyada o‘zbek tilini o‘rgatish bo'yicha o'quv kurslari tashkil etildi

O’zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Turkiya fuqarolari uchun tashkil etilgan o‘zbek tilini o‘rgatish kursining ilk bitiruvchilariga sertifikat topshirish marosimi tashkil etildi.

1657463
Turkiyada o‘zbek tilini o‘rgatish bo'yicha o'quv kurslari tashkil etildi

 

O’zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Turkiyadagi o‘zbek diasporasi faollari - Bugra Kavunju va  Chokay Kojar tomonidan Turkiya fuqarolari uchun tashkil etilgan o‘zbek tilini o‘rgatish kursining ilk bitiruvchilariga sertifikat topshirish marosimi tashkil etildi.

Bosh konsulxona maʼlumotiga ko‘ra, kurslar doirasida o‘zbek tilini chuqur o‘rgatish bilan bir qatorda, tinglovchilarga O‘zbekiston tarixi, madaniyati va zamonaviy taraqqiyoti, xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham batafsil ma’lumotlar berildi.

O‘quv kurslari dasturida O‘zbekistonda yaratilgan sarmoyaviy imkoniyatlar va turizm salohiyati bo‘yicha maxsus soatlar ajratildi.

-Til, faqat aloqa vositasi emas, balki millatni tarixi, madaniyati, xotirasi hisoblanadi, - dedi Bugra Kavunju. -  Til o‘tmishni bugungi kunga, bugunni esa kelajakka yetkazuvchi rishta hamdir. Shuning uchun uni qadrlash, saqlash va yana-da rivojlantirish barchamizning burchimiz”,-deydi u.

Tashabbuskorlarga ko‘ra, hozirgi kunda o‘zbek tilini o‘rganmoqchi bo‘lgan navbatdagi guruh shakillantirilgan. O‘zbek tilini mukammal o‘rgatish uchun darslarni yana-da takomillashtirish maqsadida yangi dasturlar ishlab chiqilmoqda.

- Bunday loyihalar ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishga, o‘zbek tilining xalqaro obro‘sini  oshirishga  xizmat qilishiga aminman”, - dedi  Chokay Kojar.

“Kurslarni yuqori darajada tashkil etishdagi ko‘magi uchun O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, o‘zbek diasporasi vakillariga va Turkiyadagi o‘zbek talabalariga alohida minnatdorlik bildiraman. Men kelgusida o‘zbek tilini o‘rgatishga qaratilgan bunday loyihalarda  faol ishtirok etishga tayyorligimni bildirmoqchiman”, - dedi u.

Tadbirda, kurs bitiruvchilari  o‘zbek tilini  o‘rganish bo‘yicha murojaatlari qisqa muddatda amalga oshgani, o‘zbek xalqi madaniyati va tarixi bilan yaqindan tanishganidan mamnun ekanini bildirdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Istanbul , #o'zbek tili , #Turkiya , #O'zbekiston

Aloqador xabarlar