Istanbulda 18-Xalqaro gastronomik pazandachilik festivali bo'lib o'tdi

Istanbul shahrida o'tkazilgan 18-Xalqaro gastronomik pazandachilik festivalida O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi vakillari sovrinli o‘rinlarni egalladi.

1762558
Istanbulda 18-Xalqaro gastronomik pazandachilik festivali bo'lib o'tdi

 

Istanbul shahrida bo‘lib o‘tgan 18-Xalqaro pazandalik festivalida O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi vakillari 8 ta oltin, 5 ta kumush, 3 ta bronza medal qo‘lga kiritdi.

To‘rt kunlik anjumanda dunyoning turli davlatlaridan oshpazlar, shuningdek, O‘zbekiston, Eron, Tunis, Qirg‘iziston, Germaniya, Xorvatiya, Serbiya, Ozarbayjon, Turkiya va boshqa ko‘plab mamlakatlardan kelgan xalqaro darajadagi hakamlar qatnashdi.

O'zbek oshpazlarning jahon miqyosidagi musobaqalarda faol ishtirok etishi gastronomik turizmni ommalashtirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari O'zbekistonga ko‘plab xorijiy gurmanlarni jalb etish hamda ushbu sayyohlik yo‘nalishidan qo‘shimcha daromad olish imkonini beradi.

 

Chempionatining birinchi kunidayoq o'zbek jamoa 2 ta oltin va 2 ta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Mohir mutaxassislar Umriniso To‘laganova, Javohir Abduqodirov, Alina Al-Zaben, Sarvinoz O‘rozboyeva, Abdulaziz Usmonaliyev, Firdavs Fathullayev tayyorlagan desert mahsulotlar va taomlar eng yuqori baho oldi va oltin medalga loyiq ko‘rildi. Davron Sutonov kumush, Bilol Qudratov, Saida’zamxon Hamidullayev esa bronza medal bilan taqdirlandi.

O‘zbekiston Oshpazlar assotsiatsiyasi 2010 yildan buyon Butunjahon oshpazlar hamjamiyatiga rasman a’zo hisoblanadi. Tashkil etilganidan buyon yurtimizdagi barcha umumiy ovqatlanish nuqtalari uchun kadrlar tayyorlash, mutaxassislarni qayta tayyorlash, umumiy ovqatlanish muassasasi faoliyatiga texnologik jarayonni joriy etish bo‘yicha axborot-maslahat xizmati ko‘rsatish bo‘yicha taklif, tavsiya berib kelmoqda.

 



Aloqador xabarlar