Bugun Turkiyada 23 aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami nishonlanmoqda

23 aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami hamda Turkiya Oliy majlisining 99 yilligi munosabati bilan Turkiya Xalq ta’limi vaziri Ziya Selchuk boshchiligidagi delegatsiya Anitkabirni ziyorat qildi.

1188349
Bugun Turkiyada 23 aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami nishonlanmoqda

 

 

Bugun Turkiyada 23 aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami hamda Turkiya Oliy majlisining 99 yilligi keng nishonlanmoqda.

Ushbu kun munosabati bilan butun mamlakat bo’ylab turli bayram tadbirlari o’tkazilmoqda.

Marosimlar poytaxt Ankaradagi Anitkabir majmuasida boshlandi.

Dastlab, Turkiya Xalq ta’limi vaziri Ziya Selchuk boshchiligidagi delegatsiya Anitkabir yodgorlik majmuasini ziyorat qildi.

Turkiya prezidenti Rajap Tayyip Erdo’g’an ham bugun Turkiya Xalq ta’limi vaziri Ziya Selchuk va unga hamrohlik qilgan bolalarni qabul qiladi.

So’ngra, prezident Erdo’g’an Beshtepa millat kongressi va madaniyat markazida TRT 23-aprel bayram dasturida ishtirok etadi.

Turkiya Oliy majlisi raisi Mustafo Shentop Turkiya Oliy majlisining 99 yilligi hamda 23-aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami munosabati bilan tabrik yo’lladi.

“Turkiya faqatgina o’zgachaliklarini to’qnashuv bahonasi emas, balki boylik imkoni sifatida qaralgan tushuncha bilan olg’a qadam tashlay oladi”,-dedi Turkiya Oliy majlisi raisi Mustafo Shentop o’z tabrigida.

Shentop bolalar va yoshlarning ongini milliy va ma’naviy qadriyatlar ruhida o’stirish kerakligini ta’kidladi.

Bayram munosabati bilan Turkiya madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Erso’y ham tabrik yo’lladi.

“Aziz xalqimizning butun dunyoga “Mustaqillik shak-shubhasiz millatnikidir” degan tushunchasini e’lon qilgan ushbu kun milliy qadriyatlarimizning eng sharafli onlaridan biri sifatida tarixdan joy olgan”,-dedi Turkiya madaniyat va turizm vaziri o’z tabrigida.



Aloqador xabarlar