Istanbul shahrida 5-Xalqaro arabcha kitob ko’rgazmasi ochiladi

Ko‘rgazma joriy yilning 28 sentyabr va 6 oktyabr kunlari “Yevrosiyo milliy ko’rgazmalar va san’at galereyasi”da bo‘lib o‘tadi.

1275601
Istanbul shahrida 5-Xalqaro arabcha kitob ko’rgazmasi ochiladi

 

Istanbul shahrida 5-Xalqaro arabcha kitob ko’rgazmasi ochiladi.

Ko‘rgazma joriy yilning 28 sentyabr va 6 oktyabr kunlari “Yevrosiyo milliy ko’rgazmalar va san’at galereyasi”da bo‘lib o‘tadi.

Mazkur ko’rgazma Turkiya Matbaa va nashriyot uyushmasi hamda Xalqaro arabcha kitob nashriyotchilari uyushmasi tomonidan tashkil etilgan.

Ko’rgazmaning bu yilgi shiori “Kitob bizni birlashtiradi” deb nomlangan bo’lib, tadbirga 15 davlatdan 200dan ortiq nashriyot uyi va 100 mingdan ortiq mehmon tashkil buyurishi kutilmoqda.

5-Xalqaro arabcha kitob ko’rgazmasi doirasida arab adabiyotining taniqli yozuvchi, shoir va rassomlari bilan ijodiy suhbatlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, bolalar va yoshlar uchun mahorat darslari, treninglar va ko‘plab aksiya hamda kitob tanlovlari o‘tkaziladi.

Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va arab adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniga ega bo‘ladilar.

Ko’rgazmani 6 oktyabrgacha (soat 10:00-22:00 orasi)  bepul ziyorat qilishingiz mumkin.

Xalqaro kitob ko‘rgazma yarmarkasi turli mamlakatlarning soha mutaxassislari o‘rtasida tajriba va fikr almashish, malaka oshirish uchun ajoyib maydon bo‘ladi.

 

 



Aloqador xabarlar