Afg’onistonlik turkiylarning yetakchisi Abdulkarim Mahdum 77 yoshda vafot etdi

U Afg’onistondagi maktablarda turk tilida ta’lim berilishini va Afg’on milliy radiosida turkman va o’zbek tillarida ikki soatdan eshittirish olib borilishini yo’lga qo’ygandi.

1278798
Afg’onistonlik turkiylarning yetakchisi Abdulkarim Mahdum 77 yoshda vafot etdi

 

Afg’onistonlik turkiylarning yetakchisi va sobiq deputat Abdulkarim Mahdum 77 yoshda vafot etdi.

U Turkiyada uzoq yillar mobaynida davolanib kelayotgan edi.

Yaqinda vatani Afg’onistonga qaytgan Abdulkarim Mahdum tug’ilib o’sgan Jurjan viloyati Kiziloyoq qishlog’ida hayotdan ko’z yumdi.

Mahdumning janozasi Kiziloyoq qishlog’idagi qabristonga dafn etiladi.

1942 yili Afg’onistonning Jurjan viloyatiga qarashli Kiziloyoq qishlog’ida tug’ilgan Abdulkarim Mahdum 26 yoshida deputat bo’lgan.

U Afg’onistondagi maktablarda turk tilida ta’lim berilishini va Afg’on milliy radiosida turkman va o’zbek tillarida ikki soatdan eshittirish olib borilishini yo’lga qo’ygandi.

“Erkin Turkiston” nomli partiya tuzilishiga rahnamolik qilgan Mahdum 1978 yili Turkiyaga ko’chib keldi.

U 1982 yili turkiy millatlarga mansub afg’onistonlik 4500 muhojirning Turkiyaga kelishiga yordam bergandi.

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Abdulkarim Mahdum

Aloqador xabarlar