5-Xalqaro arabcha kitob ko’rgazmasi o’z nihoyasiga yetdi

Istanbuldagi “Yevrosiyo milliy ko’rgazmalar va san’at galereyasi”da ochilgan ko‘rgazmaga 15 davlatdan 200dan ortiq nashriyot uyi tashrif buyurdi.

1282987
5-Xalqaro arabcha kitob ko’rgazmasi o’z nihoyasiga yetdi
arapca.jpg
arapca.jpg

 

Istanbul shahrida tashkil etilgan 5-Xalqaro arabcha kitob ko’rgazmasi o’z nihoyasiga yetdi.

Istanbuldagi “Yevrosiyo milliy ko’rgazmalar va san’at galereyasi”da ochilgan ko‘rgazma joriy yilning 28 sentyabrida boshlanib,  6 oktyabriga qadar davom etdi.

Mazkur ko’rgazma Turkiya Matbaa va nashriyot uyushmasi hamda Xalqaro arabcha kitob nashriyotchilari uyushmasi tomonidan tashkil etilgandi.

9 kun davom etgan tadbirga 15 davlatdan 200dan ortiq nashriyot uyi va 97 ming 551 kishi tashrif buyurdi.

5-Xalqaro arabcha kitob ko’rgazmasi doirasida arab adabiyotining taniqli yozuvchi, shoir va rassomlari bilan ijodiy suhbatlar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, sohaga oid seminarlar, bolalar va yoshlar uchun mahorat darslari, treninglar va ko‘plab aksiya hamda kitob tanlovlari o‘tkazildi.

Xalqaro kitob ko‘rgazmasiga tashrif buyurganlar xorijiy va mahalliy nashriyotlarning yangi va nodir kitoblari bilan tanishish, yangi asarlar taqdimotida ishtirok etish, chet el va arab adiblari, mualliflari bilan uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

 

 



Aloqador xabarlar