Turkiyadagi Side suv osti muzeyi sayyohlarni kutmoqda

Suv osti muzeyi dengiz tubida taxminan 1.5 mil kenglikda, 11, 18 va 24 metr chuqurliklarda joylashgan bo'lib, unda 117 haykaldan tashkil topgan kollektsiyani tomosha qilish mumkin.

1299997
Turkiyadagi Side suv osti muzeyi sayyohlarni kutmoqda
side sualti
side sualti

 

Suv ostiga sayohat qilish – juda hayajonli, chunki dengiz o’zida ko’plab sir sinoatlarni yashiradi. Ushbu sirlar so’zsiz o’ziga jalb qiladi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Mana shunday sirli olamga yetaklovchi suv osti muzeylaridan biri Turkiyada joylashgan.

Turkiyada Side suv osti muzeyi sayyohlarni ertaklar diyoriga yetaklamoqda.

Ushbu muzey dengiz tubida taxminan 1.5 mil kenglikda, 11, 18 va 24 metr chuqurliklarda joylashgan bo'lib, unda 117 haykaldan tashkil topgan kollektsiyani tomosha qilish mumkin.

Side suv osti muzeyi 2015 yil 31 oktyabrda ochilgan. Ushbu muzeyni ochilgan kundan beri jami 50 ming sayyoh tomosha qilgan.

Dengiz tubidagi muzeyni quyidagi usullar bilan tomosha qilishingiz mumkin: Akvalang bilan suv tubiga sho'ng'ish yoki tagi ko’rinuvchan suv osti kemasida dengiz tubiga tushish orqali tomosha qilish mumkin.

Muzeyda Anadolu madaniyatining boyliklari aks ettirilgan.

Side suv osti muzeyi Meksikadagi suv osti muzeyidan keyin dunyoda 2-o'rinda turadi. 

Ma'lumot uchun: Meksikadagi suv osti muzeyida 400 haykal o'rin olgan.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #muzey , #Turkiya , #Side suv osti muzeyi

Aloqador xabarlar