Buxoro va Qohira shaharlari 2020 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilindi

Bu haqda Islom madaniyati poytaxtlarini e'lon qilish dasturi ISESCO rahbari Salim bin Muhammad al-Malik ma’lum qilgan.

1325655
Buxoro va Qohira shaharlari 2020 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilindi

 

Misr poytaxti Qohira bilan O’zbekistonning Buxoro shaharlari 2020 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilindi.

Bu haqda Islom madaniyati poytaxtlarini e'lon qilish dasturi ISESCO rahbari Salim bin Muhammad al-Malik ma’lum qilgan.

Uning so’zlariga ko’ra, ushbu dastur asosida islom davlatlari o’rtasida madaniy rivojlanishni qo’llab-quvvatlash maqsad qilingan.

Tunis ham ko’hna madaniy o’tmishi va madaniy boyligi sababli 2019 yilda Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilinganligini eslatgan Malik, ISESCO tashkiloti Islom ilmlari va madaniyatini qo’llab-quvvatlash uchun katta g’ayrat qilgan Ibn-Haldunning Tunisdagi uyini qayta ta’mirlashini bildirdi.

Ta’kidlash joizki, 2007 yilda ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha Islom tashkiloti (ISESCO) Toshkentni uch Islom madaniyati poytaxtlaridan biri sifatida e'lon qilgandi.

Islom madaniyati poytaxtlarini e'lon qilish dasturi ISESCO tomonidan 2001 yilda ma'qullangan va har yili uch islomiy mintaqa - arab olami, Afrika va Osiyoda uchta poytaxt tanlanishini nazarda tutadi.

Islom madaniyati poytaxti har ikki yilda bir marta tashkillashtiriluvchi, islom davlatlari madaniyat vazirlarining konferensiyasini o‘tkazish majburiyatini oladi.

Poytaxt sifatidan tanlangan shaharda yil bo‘yi islom merosi va madaniyati taqdimotiga yo‘naltirilgan turli tadbir va voqealar bo‘lib o‘tadi.

Eslatish joizki, o’tgan 2019 yilda Tunis Islom madaniyati poytaxti deb e’lon qilingandi.



Aloqador xabarlar