Ispan rassom Pablo Pikassoning 1944 yilda chizilgan asariga ziyon yetkazildi

Londondagi Teyt Modern san'at galereyasida bo’lgan asarning narxi taxminan 157 mln turk lirasiga (26 mln dollar) to’g’ri kelardi.

1332978
Ispan rassom Pablo Pikassoning 1944 yilda chizilgan asariga ziyon yetkazildi

 

Taniqli ispan rassom va haykaltarosh Pablo Pikassoning mashhur asariga ziyon yetkazildi.

Londondagi Teyt Modern san'at galereyasida bo’lgan asarning narxi taxminan 157 mln turk lirasiga (26 mln dollar) to’g’ri kelardi.

Ushbu asar 1944 yilga oid “Ayol byusti” (Bust of a Woman) kartinasi hisoblanadi. U pichoq bilan tilib tashlangan. Bu ishni qilishda ayblangan 20 yoshli Shakil Messi hibsga olingan.

Voqea yuzasidan tergov jarayoni davom etmoqda.

Kartinada yirtiqlar yuzaga kelganligi ma’lum qilinar ekan, boshqa batafsil ma’lumot berilmagan.

Teyt Modern san'at galereyasining veb sahifasidagi ma’lumotga ko’ra, ushbu asar 1944 yilning may oyida Nazi ishg’olining so’ngi damlarida Parijda chizilgan. Asarda Pikassoning Dora Maarga bo’lgan muhabbati aks ettirilgan.

Pablo Pikasso ispan rassomi, haykaltarosh, grafik, teatr rassomi, keramikachi va dizayner bo’lgan. U hayoti davomida 20 mingga yaqin muhtasham asarlarni yaratgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Bust of a Woman , #rassom , #Pablo Pikasso

Aloqador xabarlar