Malayziya shimolida 17000 yil avvalgiga oid toshdan yasalgan ashyolar topildi

Olimlarning taxminiga ko’ra, ushbu topildiqlar 17 ming yil avvalgi qadimgi tosh davriga oid bo’lishi mumkin.

1345349
Malayziya shimolida 17000 yil avvalgiga oid toshdan yasalgan ashyolar topildi
malezya eşya 2.jpg

 

 

Malayziya shimolida joylashgan Kedah viloyatida toshdan yasalgan ashyolar topildi.

Olimlarning taxminiga ko’ra, ushbu tarixiy ashyolar 17 ming yil avvalgiga oid.

Malayziya matbuotida tarqatilgan xabarlarga ko’ra, Baling shahridagi Kelambu, Tembus va Akar g’orlarida o’tgan yildan beri davom etayotgan arxeologik qazilma faoliyatlarida qadimgi ashyolar topilgan.

Topilmalar olimlar tomonidan tekshirilishi uchun Malay dunyosi va madaniyati instituti, Malayziya milliy universiteti va Malaya universiteti qoshidagi Geologiya fakultetiga yuborildi.

Olimlarning taxminiga ko’ra, ushbu topildiqlar 17 ming yil avvalgi qadimgi tosh davriga oid bo’lishi mumkin.

Arxeologlar hududda arxeologik qazilma faoliyatlarini davom ettirmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #tosh davri , #arxeologik qazilma , #Malayziya

Aloqador xabarlar