Bularni bilasizmi 11-qism

Bo’za ichimligi inson salomatligi uchun foydali ekanligini bilarmidingiz?

1374155
Bularni bilasizmi 11-qism

 

 

Tarixi ming yillab avvaliga borib taqalgan bo’za ichimligi odatda an’anaviy turk ichimligi hisoblanadi. Kunimizda O’rta Osiyo va qadimgi Usmoniy davlatlarida iste’mol qilib kelinadi. Qish mavsumining voz kechilmas ichimligi hisoblangan bo’za Turkiyada ayniqsa sariq leblebi bilan birga tortiq qilinadi.

BOʻZA tariq, oqshoq, arpa, suli va bugʻdoy kabi donlardan tayyorlanadigan ichimlikdir. Oʻrta Osiyo xalqlari juda qadim zamonlardan buyon bo’za tayyorlagan.

Tariq ivitilib, xaltaga solinadi va issiq joyga qoʻyiladi. Tariq dimlanib yetilgach, maysalagach, yanchiladi, keyin xumga solib achitiladi va dokadan oʻtkazilib boshqa idishga solinadi, tingach, iste’mol qilishga tayyor boʻladi. Toʻyimli va foydali, ayni paytda chanqoqbosar ichimlik hisoblanadi.

Tarkibida 4—6 foiz etil spirti, oqsil, yogʻ, vitaminlar jumladan A, B va E vitaminlar va ko’plab mineral moddalar bor. Bolqon mamlakatlari, Kavkaz, Turkmaniston va Qirgʻizistonda sanoat usulida ishlab chiqariladi va sevib isteʼmol qilinadi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Bo'za ichimligi , #Bo'za

Aloqador xabarlar