2018 yil uchun Nobel mukofotlari o’z egalariga topshirildi

Nobel mukofoti sovrindorlari mukofotlarini Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavning qo’lidan qabul qilib oldi.

1104632
2018 yil uchun Nobel mukofotlari o’z egalariga topshirildi

2018 yil uchun Nobel mukofotlari o’z egalariga topshirildi.

Shvetsiya poytaxti Stokholmdagi kontsert zalida o‘tgan tantanali marosimda tibbiyot va fiziologiya, fizika, kimyo, iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha Nobel mukofotlari o‘z egalariga topshirildi.

Nobel mukofoti sovrindorlari mukofotlarini Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustavning qo’lidan qabul qilib oldi.

Marosimga 1500 dan ko‘proq mehmon- sovrindorlarning oilalari, shvetsiyalik siyosatchilar, madaniyat, fan arboblari va talabalar tashkilotlari vakillari tashrif buyurgan.

Turkiyaning Shvetsiyadagi favqulodda va muhtor elchisi Hakki Emre ham marosimda ishtirok etdi.

Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav qo‘lidan sovrindor diplomi va medallarini tibbiyot va fiziologiya yo‘nalishi bo‘yicha Jyeyms Allison (AQSh) va Tasuku Xondzyo (Yaponiya), fizika yo‘nalishi bo‘yicha Artur Eshkin (AQSh), Jyerar Muru (AQSh/Fransiya) va Donna Strikland (Kanada) olgan.

Marosimga sog‘lig‘i tufayli kelolmagan Artur Eshkin o‘rniga mukofotni uning o‘g‘li, professor Maykl Eshkin olgan.

Kimyo bo‘yicha mukofot Frensis Arnold (AQSh), Jorj Smit (AQSh) va Gregori Vinterga (Buyuk Britaniya), iqtisodiyot bo‘yicha esa AQShda mehnat qilgan professorlar Vilyam Nordxaus va Pol Romerga topshirilgan.

Nobel tinchlik mukofoti esa, Denis Mukvege ve Nadia Muradga topshirildi.

 

 



Aloqador xabarlar