Bugun,13 fevral- Butunjahon radio kuni…

Ushbu kun munosabati bilan Turkiya ovozi radiosi ijodiy jamoasi barchani 13 fevral- Butunjahon radio kuni bilan tabriklaydi!

1144317
Bugun,13 fevral- Butunjahon radio kuni…

Bugun, 13 fevral- Butunjahon radio kuni…

1946 yil 13 fevral kuni “BMT radiosi” tashkil topdi. Keyinchalik ushbu kun UNESCO tomonidan “Butunjahon radio kuni” sifatida nishonlana boshladi.

Fan-texnika rivojlanib, texnologik kashfiyotlar imkoniyati yanada kengayib borayotgan hozirgi davrda radio insoniyat kundalik hayotining bir qismiga aylangan. Radio tinglovchini yangiliklardan xabardor qilish, kerakli maʼlumotlarni yetkazish orqali dunyoning koʻp sonli aholisini bir doira atrofida birlashtiradi. 

Har yili Butunjahon radio kuni munosabati bilan dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida 500 ga yaqin tadbir tashkil etiladi. Bu esa oʻz navbatida ushbu kunni xalqaro miqyosda keng nishonlanadigan sanalar qatoridan joy olishga zamin yaratmoqda.

UNESCO radioning insoniyat hayotidagi ahamiyatini inobatga olgan holda, 13 fevral- Butunjahon radio kunini muntazam ravishda nishonlab keladi. Ushbu kun munosabati bilan biz ham Turkiya ovozi radiosi ijodiy jamoasi nomidan barchani 13 fevral- Butunjahon radio kuni bilan tabriklaymiz!

 



Aloqador xabarlar