23 aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami qutlug' bo'lsin!

Bugun, 23 aprel Turkiya tarixida katta ahamiyatga molik bo’lgan sharafli kunlardan biridir.

1188305
23 aprel Milliy mustaqillik va Bolalar bayrami qutlug' bo'lsin!

 

 

Bugun, 23 aprel Turkiya tarixida katta ahamiyatga molik bo’lgan sharafli kunlardan biridir. 1920 yilning 23 aprel kuni Turkiya Oliy majlisi tashkil topgan. Ushbu kun keyinchalik milliy mustaqillik va bolalar bayrami sifatida nishonlana boshladi.

Bugun hokimiyat yakka shahsdan ya’ni, podshohdan olinib xalqqa berilgan kundir. Qisqacha qilib aytganda, 23 aprel- turk xalqining mustaqillik tushunchasi o’zgargan kundir. “Mustaqillik shak-shubhasiz millatnikidir” tushunchasining Respublika tarixiga singdirilgan kundir.

23 aprelning yana bir xususiyati shundaki, bu maxsus kunning kelajagimiz bo’lgan bolalarga armug’on etilganligidir. 23 aprel milliy mustaqillik va bolalar bayramini 1920 yildan beri nishonlab kelayotgan turk bolalar bu maxsus kunni 1979-yildan e’tiboran, dunyo bolalari bilan nishonlamoqda.

Bu kun Turkiyada rasmiy dam olish kuni sifatida e’lon qilingan. Har yili 23 aprel kuni butun mamlakat bo’ylab katta bayram tadbirlari, festivallar o’tkaziladi.

Biz ham Turkiya ovozi radiosining ijodiy jamoasi sifatida, butun dunyo bolalarini 23 aprel milliy mustaqillik va bolalar bayrami munosabati bilan muborakbod etamiz! Bayramingiz muborak bo’lsin aziz bolajonlar!

 



Aloqador xabarlar