Turk oshxonasi 35-qism

Bugun sizlar bilan turk oshxonasining voz kechilmas taomlaridan biri baqlajonli turk palovi haqida suhbatlashamiz.

1262032
Turk oshxonasi 35-qism

 

                             

Hurmatli tinchlovchilar! Turk oshxonasi dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Bugun sizlar bilan turk oshxonasining voz kechilmas taomlaridan biri turk palovi haqida suhbatlashamiz. Turk palovi odatda suyuq taomlar yoki qavurmalar yonida darturxonga tortiq qilinadi. Turk oshxonasida palovning juda ko’p turi bor. Guruch palov, bulg’ur palov yoki turli xil makaronlar, sabzavotlar ilova qilingan holda tayyorlanadigan palovlar va hakazolar. Palov Usmoniy oshxonasining ham voz kechilmas taomlaridan biri bo’lgan.

Xatto, Usmoniy saroylarida faqat palov pishirish bilan shug’ullangan maxsus oshpazlar bo’lgan. Ular “palovchi” deb ham atalgan. Bu oshpazlar palov turlarini ko’paytirish uchun guruch yoki bulg’urni turli masalliqlar bilan aralashtirgan holda xilma-xil palovlar tayyorlaganlar. 16-asrda Usmoniy saroyida go’shtli, karamli, mevali, sarimsoqli, mayizli va bulg’orili palovlar pishirilganligi, oddiy pishirilgan palovlar ustiga esa, pista-bodom yoki meva qoqilari ilova qilingan holda iste’mol qilinganligi bilinadi.

Keling endi turk oshxonasida sevib iste’mol qilinadigan baqlajonli palov qanday tayyorladi. Bunga quloq solaylik.

 

Baqlajonli palov uchun kerak bo’lgan masalliqlar quyidagilar:

 

1 ½  stakan guruch

2- 3 dona baqlajon

2 dona piyoz

1 dona pomidor

1 stakan zaytunyog’i

2 stakan suv

2 choy qoshiq tuz

1 choy qoshiq murch

2 choy qoshiq shakar

1 choy qoshiq quritilgan rayxon

1 choy qoshiq dolchin  kerak bo’ladi.

 

Endi navbat baqlajonli palovni pishirishga.  Avvalo laganchadagi guruch 30 daqiqa suvga uyitib qo’yiladi va ozgina tuz ilova qilinadi. Guruch uyigunicha, baqlajonlar sopidan pastga tomon chiziqli shaklda archiladi va kichkina kubik shaklida to’g’raladi. So’ngra, baqlajonlar yârim soat tuzli suvga solib qo’yiladi. Chunki, baqlajonlar qo’g’irilayotganda yog’ni emib olmasligi kerak.

Baqlajonlar suzib olingach, qog’oz salfetkalar vositasida quritiladi va zaytunyog’ida qo’g’iriladi. So’ngra, boshqa qozonchaga zaytunyog’i quyiladi va yog’ qizigach, mayda to’g’ralgan piyoz solinadi. Piyozlar qovurilgach, qirg’ichdan chiqarilgan 1 dona pomidor ilova qilinadi va yaxshilab qovuriladi. 2 stakan suvga tuz, shakar, murch, quritilgan rayxon va dolchin ilova qilinib qozonga quyiladi.  Suv qaynagach, suzib olingan guruchlar ilova qilinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga baqlajonlar teriladi va qozonning qopqog’i yopib qo’yiladi. Guruchning suvi tortilgach, 15-20 daqiqa past olovda damlanadi. Palov damlangach, avvalo yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra, darturxonga iliq holda tortiq qilinadi.

Mana baqlajonli turk palovi ham tayyor bo’ldi. Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

 



Aloqador xabarlar