Turk oshxonasi 37-qism

Bugun sizlar bilan turk oshxonasida eng ko’p iste’mol qilinadigan, tayyorlanishi juda qulay bo’lgan salatlardan biri “cho’pon salat” retsepti haqida suhbatlashamiz.

1269971
Turk oshxonasi 37-qism

 

                             

Bugun sizlar bilan turk oshxonasida eng ko’p iste’mol qilinadigan, tayyorlanishi juda qulay bo’lgan salatlardan biri “cho’pon salat” retsepti haqida suhbatlashamiz. Ushbu salat asosan go’shtli taomlar, jumladan kaboblar bilan iste’mol qilinsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

Turk oshxonasida juda ko’p salat xillarini uchratish mumkin. Sabzavotlar, dukkakli mahsulotlar yoki donli mahsulotlardan tayyorlanadigan xilma-xil salatlar bor. Bular orasida eng ko’p iste’mol qilingani cho’pon salatidir.

Keling endi ushbu salat qanday tayyorlanadi bunga quloq solaylik.

Cho’pon salati uchun kerak bo’lgan masalliqlar quyidagilar:

 

4 dona pomidor

3 dona bulg’ori

2 dona bodring

1 dona piyoz

Bir tutam petrushka

5 osh qoshiq zaytunyog’i

4 osh qoshiq limon suvi va tuz kerak bo’ladi.

 

Navbat salatni tayyorlashga. Avvalambor pomidor va bodringlarning po’stlog’i archiladi va kichkina kubik shaklida to’g’raladi. So’ngra, bulg’orilar urug’idan ajratiladi va maydalab to’g’raladi. Piyoz ikkiga bo’linadi va parrak-parrak qilib to’g’raladi. So’ngra, petrushka ko’kati maydalab to’g’raladi. Mahsulotlar laganchaga solinib, yaxshilab aralashtiriladi va tuz ilova qilinadi.

So’ngra salat uchun sous tayyorlanadi. Bir chiniga zaytunyog’i quyiladi va unga 4 qoshiq limon suvi ilova qilinadi. Ushbu sous salat ustiga ilova qilingach, yaxshilab aralashtiriladi va dasturxonga tortiq qilinadi.

Mana cho’pon salati ham tayyor bo’ldi. Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

 

 


Tanlangan kalimalar: #salat , #cho'pon salat , #Turk oshxonasi

Aloqador xabarlar