Turk oshxonasi 38-qism

Bugun sizlar bilan turk oshxonasida sevib iste’mol qilinadigan qo’zi go’shtli va sabzavotli dimlama taomi haqida suhbatlashamiz.

1274312
Turk oshxonasi 38-qism

 

                              

Bugun sizlar bilan turk oshxonasida eng sevib iste’mol qilinadigan qo’zi go’shtli va sabzavotli dimlama taomi haqida suhbatlashamiz. Turk oshxonasida ba’zi taomlar sopoldan yasalgan qozonchalarda pishiriladi. Ular “guvech” deb ataladi. Guvechda go’shtli, sabzavotli yoki dukkakli masalliqlardan tayyorlanadigan xilma-xil taomlarni pishirish mumkin. Guvechda pishiriladigan taomlarni dandirda, duxovkada, tokli pechkalarda yoki o’choqda o’tin bilan ham pishirsa bo’ladi. Aytib o’tganimizdek, bugun sizlar bilan sopol qozoncha ya’ni guvechda qo’zi go’shtdan tayyorlanadigan sabzavotlarga boy tansiq taom bo’lmish dimlama retseptini beramiz.

 

Keling endi ushbu taomni pishirish uchun kerak bo’lgan masalliqlar nimalardan iborat bunga quloq solaylik!

 

700 gr qo’zi go’shti

2 dona piyoz

4 dona bulg’ori

4 dona pomidor

2 dona baqlajon

3 dona kartoshka

1 dona sabzi

1 dona kabachka

1 osh qoshiq tomat pastasi

3 tish sarimsoq

1 choy qoshiq jambil ziravori

1 choy qoshiq murch, tuz va yârim stakan zaytunyog’i kerak bo’ladi.

 

Endi navbat dimlamani pishirishga. Avvalo sopol qozoncha ya’ni guvechning ichi yog’lanadi. Xohlaganlar qozonchaning ichiga sarimsoq surkashi ham mumkin. Bu shaklda sarimsoqning ta’mi taomga yana ham lazzat beradi. Avvalo qozonga kubik shaklida to’g’ralgan qo’zi go’shti teriladi. So’ngra go’shtning ustiga parrak qilib to’g’ralgan piyoz teriladi. Ustiga to’g’ralgan bulg’orilar teriladi. So’ngra, navbat bilan kubik shaklida to’g’ralgan kartoshka, baqlajon va eng oxiri kabachka ilova qilinadi. Ushbu masalliqlarning ustiga parrak qilib to’g’ralgan pomidorlar terib chiqiladi. Ustiga esa murch, tuz, jambil ziravori va zaytunyog’i ilova qilinib, yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra, 1 osh qoshiq tomat pastasi suv bilan suyuqlashtirilib, bir maromda masalliqlar ustiga quyiladi. Ushbu dimlama past olovda 1 yarim soat pishiriladi. Taom pishgach dasturxonga issiq holda tortiq qilinadi.

Mana qo’zi go’shtdan tayyorlanadigan dimlama ham tayyor bo’ldi. Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

 

 


Tanlangan kalimalar: #dimlama , #turk oshxonasi , #kuzu güveç

Aloqador xabarlar