Turk oshxonasi 39-qism

Bugun sizlar bilan cherkezlardan turk oshxonasiga kirib kelgan lazzatli “cherkez tovug’i” salati haqida suhbatlashamiz.

1278573
Turk oshxonasi 39-qism

 

                                                   

Hurmatli tinchlovchilar! Turk oshxonasi dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Bugun sizlar bilan cherkezlardan turk oshxonasiga kirib kelgan lazzatli “cherkez tovug’i” salati haqida suhbatlashamiz.

Turk oshxona madaniyatining dovrug’i dunyoga doston desak mubolag’a bo’lmaydi. Turk oshxona madaniyatida O’rta Osiyodan Bolqonlargacha bo’lgan juda ko’plab madaniyatning ta’sirini uchratish mumkin.

Turklarning O’rta Osiyodan Anadoluga kirib kelishi bilan boshlangan jarayon Usmoniy imperiyasining o’z chegaralarini Yaqin sharq va Bolqonlargacha kengaytirishi bilan juda ko’plab lazzatli taomlarning ham kirib kelishiga sabab bo’lgan. Mana shu sababdan ham turk oshxonasi mahsulotlari va pishirish usullari jihatidan juda boy desak to’g’ri bo’ladi. Anadolu mintaqasiga ko’chib kelgan xalqlar o’zi bilan birga oshxona madaniyatini ham keltirgan holda turk oshxonasiga katta hissa qo’shgan.

Bugun dasturimiz orqali cherkezlardan turk oshxonasiga kirib kelgan “Cherkez tovug’i” nomli lazzatli salat retseptini beramiz. Odatda bu salat yaxna iste’mol qilinadi.

Keling endi “Cherkez tovug’i”ni tayyorlash uchun kerak bo’lgan masalliqlar nimalardan iborat ekan, bir quloq solaylik.

Cherkez tovug’i salati uchun kerak bo’lgan masalliqlar quyidalar;

1 ta butun tovuq go’shti

1 dona piyoz

1 dona sabzi

Bir tutam petrushka

1 dona kereviz sopi

Tuz va murch

Sous uchun;

250 gr yong’oq

4-5 qoshiq talqon

2 tish sarimsoq

1 choy qoshiq mayda qizil qalampir

2 stakan tovuq suvi ya’ni bulyon kerak bo’ladi.

 

Endi navbat salatni tayyorlashga. Avvalo qozonga suv quyiladi, so’ngra parrak qilib to’g’ralgan piyoz, sabzi, petrushka, kereviz, tuz va murch ilova qilinadi. So’ngra tovuq go’shti ilova qilinib, yumshagunicha yaxshilab qaynatiladi. Pishgan tovuq go’shti sabzavotli suvdan suzib olinadi va terisi ajratiladi. So’ngra go’shti suyaklaridan ajratilib, qo’lda kichkina parchalarga bo’lingan holda titib chiqiladi.

Boshqa laganchaga maydalangan yoki qirg’ichdan o’tkazilgan yong’oq mag’zi solinadi. 4-5 qoshiq talqonni tovuq suvida yumshatib olgach, yong’oq mag’zi ustiga ilova qilinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Ustiga esa tuz va sarimsoqni ezib ilova qilinadi. Ortidan yârim stakan tovuq suvi ilova qilinib aralashtiriladi. So’ngra maydalab titilgan tovuq go’shti ustiga yong’oq mag’zidan tayyorlangan masalliq to’kiladi va yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra tarelkalarga solinib, usti mayda qizil qalampir va ukrop bilan bezatiladi, so’ngra dasturxonga tortiq qilinadi.

Mana “cherkez tovug’i” salati ham tayyor bo’ldi. Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

 

 


Tanlangan kalimalar: #turk oshxonasi , #salat , #cherkez tovug'i

Aloqador xabarlar