Turk oshxonasi 40-qism

Bugun sizlarga qo’zi go’shtidan tayyorlanadigan lazzatli sho'rva retseptini beramiz.

1282936
Turk oshxonasi 40-qism

 

                                    

Hurmatli tinchlovchilar! Turk oshxonasi dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Bugun sizlar bilan qo’zi go’shtidan tayyorlanadigan duyun (duğun) sho’rvasi ya’ni to’y sho’rvasining retseptini beramiz. Usmoniylardan meros bo’lgan bu sho’rba turk oshxonasining voz kechilmas taomlaridan biridir.

Keling endi “Duğun” sho'rvasi ya’ni to’y sho’rbasini tayyorlash uchun kerak bo’lgan masalliqlar nimalardan iborat ekan, bir quloq solaylik.

Duyun sho’rvasi uchun kerak bo’lgan masalliqlar quyidalar;


500 gr qo’zi go’shti
go’shtni pishirish uchun 6 stakan suv
3 osh qoshiq sariyog’
2 osh qoshiq un
Tuz, murch
4 osh qoshiq qatiq
½ dona limon suvi
1 dona tuxumning sarig’i
1 osh qoshiq sariyog’
Mayda qizil qalampir kerak bo’ladi.

 

Endi navbat sho’rvani pishirishga. Avvalo qozonga go’sht solinadi va ustiga 6 stakan suv quyiladi. So’ngra qaynatiladi. Suv qaynab chiqqach olov pasaytiriladi va qozonning qopqog’i yopilib, past olovda go’sht ezilib pishgunicha qaynatiladi.

Go’sht yumshoq bo’lib pishgach, suvi suzgich bilan suziladi. So’ngra, go’sht suyaklaridan ajratiladi va mayda-maydalab titib chiqiladi.

Boshqa qozonga 3 osh qoshiq sariyog’ solinadi va 2 osh qoshiq un solib, qovuriladi. So’ngra go’shtning suvidan 3 stakan va oddiy suvdan 3 stakan aralashtirilib ilova qilinadi. So’ngra ichiga maydalab titilgan go’sht ilova qilinadi.

Boshqa bir laganchaga qatiq, tuxumning sarig’i va limon suvi solinib, yaxshilab aralashtiriladi. Sho’rvaning suvidan bir cho’mich olib, ustiga ilova qilinadi. So’ngra asta-sekin oz-ozdan sho’rvaga quyiladi. Tuz, murch solinadi va bir marta toshib chiqqunicha qaynatiladi.

Boshqa bir idishda 1 osh qoshiq sariyog’ eritiladi va ustiga mayda qizil qalampir ilova qilinib qovuriladi. So’ngra sho’rva ustiga ilova qilinadi.

Mana “duğun" sho’rvasi ya’ni, to’y sho’rvasi ham tayyor bo’ldi. Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

 

 



Aloqador xabarlar