Turk oshxonasi 41-qism

Bugun sizlar bilan turk oshxonasida o’ziga xos o’rin egallagan “Zaytunyog’li yaproq sarma” taomi haqida suhbatlashamiz.

1287590
Turk oshxonasi 41-qism

 

 

Hurmatli tinchlovchilar! Turk oshxonasi dasturining yangi sonida yana uchrashib turibmiz. Bugun sizlar bilan turk oshxonasida o’ziga xos o’rin egallagan “Zaytunyog’li yaproq sarma” taomi qanday tayyorlanishini o’rganamiz.

Guruch, piyoz va turli xildagi ziravorlardan farsh tayyorlab, uzum bargi ichiga solib o’ralgan holda tayyorlanadigan sarma Yaqin sharq va Sharqiy O’rta Yer dengizi mintaqasida joylashgan mamlakatlarda sevib iste’mol qilinadi.

Ularning nomlari har bir davlatda farqli bo’lishiga qaramay, tayyorlanishi deyarli bir xil.

Keling endi zaytunyog’li yaproq sarma tayyorlash uchun qanday masalliqlar kerak bo’ladi bunga quloq solaylik!

Zaytunyog’li yaproq sarma tayyorlash uchun kerak bo’lgan masalliqlar quyidagilar;

 

300 gr tuzlangan uzum bargi konservasi

1 dona limon

4 osh qoshiq zaytunyog’i

1 stakan issiq suv

 

Farshi uchun:

1/2 stakan zaytunyog’i

3 dona piyoz

1,5 stakan guruch

1 stakan issiq suv

1 osh qoshiq qarag’ay yong’og’i

1 choy qoshiq tuz

1 choy qoshiq murch

1 choy qoshiq maydalangan rayhon ziravori

1 choy qoshiq qalampir

1/2 choy qoshiq dolchin kerak bo’ladi.

 

Endi navbat sarmani tayyorlashga. Avvalo tuzlangan uzum barglari 5 daqiqa issiq suvga uyutib qo’yiladi. Bu shaklda sarmaning sho’r bo’lib qolishining oldi olinadi. Barglar suvdan olingach, sovuq suvda chayqaladi va suziladi.

Boshqa tomondan sarma uchun farsh tayyorlanadi. Qozonga yârim stakan zaytunyog’i solinadi va past olovda piyozlar qovuriladi. So’ngra 1 osh qoshiq qarag’ay yong’og’i ilova qilinadi va qovurilishda davom etadi.

1 yarim stakan guruch yaxshilab yuviladi. Piyozlar qovurilgach, ustiga yuvilgan guruchlar ilova qilinadi va yaxshilab aralashtiriladi. Qovurilishda davom etadi. Ortidan navbat bilan qolgan ziravorlar ilova qilinadi va yaxshilab aralashtiriladi. So’ngra guruch pishishi uchun bir stakan issiq suv ilova qilinadi. Xa aytgancha, guruchlar unchalik ezilib pishmasligi kerak. Biroz tirik qolishi zarur. Guruchlar pishgach, sovutiladi. So’ngra, dolchin va qalampir ilova qilib, yaxshilab aralashtiriladi.

Endi navbat farshni uzum barglari ichiga joylashtirib, uni ingichka qilib o’rashga. Avvalo bir dona uzum bargi osh taxta ustiga yoziladi va sopi kesiladi. Bargning o’rtasiga bir choy qoshiq guruchli farshdan solinadi. Bargning chekkalari ichiga bukilib rulet shaklida o’raladi. Barcha uzum barglari mana shunday rulet shaklida o’raladi. Bu jarayon yakunlangach, navbat uni pishirishga keladi.

Bir qozonchaga bir necha dona uzum bargi terib chiqiladi. So’ngra, tayyor bo’lgan sarmalar qozoncha tagiga yonma-yon terib chiqiladi. So’ngra, bir dona limon parrak-parrak qilib to’g’raladi va sarmalarning ustiga joylashtiriladi. Pishirish jarayonida barglar ochilmasligi uchun usti tarelka bilan dimlab qo’yiladi va past olovda taxminan 35 daqiqa pishiriladi.

Mana “zaytunyog’li yaproq sarma” ham tayyor bo’ldi. Xa aytgancha, sarmalarni xoshishga qarab iliq yoki sovuq holda iste’mol qilishingiz mumkin. Unday bo’lsa sizlarga yoqimli ishtaxa!

 

 



Aloqador xabarlar